A.Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga sayohat

A.Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga sayohat

 2019-yil 22-noyabr kuni 1-kurs BHN-01 va BILM-01 guruh talabalari “Byudjet hisobi va g‘aznachilik ishi” kafedrasi o‘qituvchilari D.R. Shaimardanova va A.M.Aripova bilan birgalikda Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonaga tashrif buyurdilar.

 

 Sayohat qadimiy kitoblar muzeyiga tashrif bilan boshlanadi. Keyinchalik o‘quv zallari, ularda kerakli adabiyotlarni qidirish va olish tartibi, kutubxona xodimlari tomonidan taqdim etiladigan qo‘shimcha xizmatlar bilan tanishdilar.

 

 Sayohat yakunida talabalar ro‘yxatga olish xonasiga taklif qilinib, u yerda ro‘yxatdan o‘tish imkoniyatiga ega bo’ldilar.

 

 

18:20 / 2019-11-24
Success helper
Success warning